Afifa Iskandar Estefan (arabcha: عفيفة إسكندر إصطيفان) – XX asrning oʻrtalarida ijod qilgan iroqlik qoʻshiqchi. 1921-yil 10-dekabrda Iroqning Mosul shahrida tugʻilgan[1]. Iroq tarixidagi eng yaxshi ayol xonandalardan biri. Xonanda „Iroq qora qushi“ nomini olgan[2].

Afifa Iskandar
Tavalludi Afifa Iskandar Estefan
10-dekabr 1921-yil
Vafoti 21-oktyabr 2012-yil(2012-10-21)
(90 yoshda)
Bagʻdod, Iroq
Janrlar Maqom
Kasbi Qoʻshiqchi, aktrisa
Faoliyat yillari 1935–2011
Leybllar Shahrora, monologist
Fuqaroligi Iroq

Hayoti

tahrir

Afifa Iskandarning otasi arman, onasi yunon edi. U Bagʻdodda yashagan va 5 yoshidan boshlab qoʻshiq kuylagan. 1935-yildan boshlab esa maqom kuylashni boshlagan[3]. 12 yoshida Iskandar Estefan ismli arman yigitiga turmushga chiqqan va uning familiyasini olgan. Afifa aktrisalik faoliyati bilan ham shugʻullangan hamda koʻplab spektakllarda rol ijro etgan[4]. 1938-yilda Badia Masabni, Taheyya Kariokka va Muhammad Abdel Wahab bilan birgalikda ishlash uchun Misrga borgan. Afifa Iskandar 2012-yil 21-oktyabrda Bagʻdodda saraton kasalligidan vafot etgan[5].

Eʼtirof

tahrir
 
Afifa Iskandar tavalludining 98 yilligiga bagʻishlangan dudl

2019-yil 10-dekabrda Google xonandaning 98 yoshi munosabati bilan maxsus dudl chiqargan[6].

Singllari

tahrir

Iskandar 1500 ga yaqin qoʻshiq kuylagan[7]. Ularning eng mashhurlariga quyidagilar kiradi:

  • „Ya aqqid alhajibayn“[8]
  • „Ikhlas meni“[8]
  • „Ya sokari ya assali“[9]
  • „Ared Allah yebain hobty behom“[9]
  • „Qaleb qaleb'“[10]
  • „Jani alhlo labs sobhyat aledd“[9]
  • „Nem wa sadek sadri“[9]
  • „Msafren“[9]
  • „Qsma“[9]
  • „Helal eid“[9]

Manbalar

tahrir
  1. „"شحرورة العراق"... تعيش أوضاعاً صحية مأسوية“. Alrai Media. Qaraldi: 2015-yil 27-sentyabr.
  2. „Afifa iskandar عفيفة اسكندر – MP3 Écouter et Télécharger GRATUITEMENT en format MP3“. Maghreb Space. Qaraldi: 2015-yil 27-sentyabr.
  3. „ما لايعرفه الناس عن عفيفة إسكندر – ملاحق جريدة المدى اليومية 9.ز“ (2015-yil 23-sentyabr). 2015-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-sentyabr.
  4. Taleb. „موسوعة أعلام الموصل في القرن العشرين للدكتور عمر محمد الطالب / حرف العين“. 2016-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-sentyabr.
  5. „The Common Ills: Afifa Iskandar passes away, the political crisis continues“. The Common Ills (2012-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 27-sentyabr.
  6. „Afifa Iskandar’s 98th Birthday“. Google (2019-yil 10-dekabr).
  7. „Google Honours Afifa Iskandar - But Who Was She?“. CairoScene. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  8. 8,0 8,1 Aidasani. „Today’s Google Doodle celebrates this Iraqi singer“ (en-ae). Mashable ME (2019-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 9,6 „Google Doodle Celebrates Affifa Iskandar's Birthday | Sada Elbalad“ (en). see.news. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  10. „Google Honours Afifa Iskandar - But Who Was She?“. CairoScene. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.