Afina (Afina Pallada) — yunon afsonalaridagi urush va gʻalaba, sanʼat va hunarmandchilik, bilim va donolik maʼbudasi. Zevsning qizi. Zevsning boshidan toʻla qurollangan holatda (dubulgʻa va sovut bilan) tugilgan. Afina shahrining homiysi. Rim afsonasidagi Minervaga mos keladi. Yunon sanʼatining nodir yodgorligi boʻlgan Afinadagi Parfenon ibodatxonasi oldiga Aginaning jasur qiz shaklida tasvirlangan katta haykali qoʻyilgan. Afina shahriga bu maʼbudaning nomi qoʻyilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil