Aflotun xazinasi
Aflotun xazinasi — Fargʻona vodiysining shimolidagi Aflotun daryosining Itoqarsoy irmogʻi yoqasida joy-lashgan Kalunchat qishlogʻidan topilgan (1924) soʻnggi jez davriga oid yodgorlik. Aflotun xazinasi baʼzan ilmiy adabiyotlarda Kalun-chat xazinasi nomi bilan ham uch-raydi. Aflotun xazinasi misdan ishlangan bilaguzuk, halqa, ik-kita qoʻngʻiroq shaklidagi zirak, bir necha 788munchoq va jezdan quyilgan 8 ta mitti odam haykalchalaridan iborat boʻlib, u avval Namangan shahri oʻlkashunoslik muzeyiga topshirilgan, keyinroq esa yoʻqolgan. Mitti odam haykalchalarining balandligi 2,5-2,8 sm dan oshmaydi. Odam shak-li ancha aniq tasvirlangan boʻlib, ular tik turgan holda, qoʻllarini beliga tirab, choʻqqi telpak kiyib turibdi. Ulardan faqat bittasi bosh kiyimsiz, koʻz va burunlari ancha ifodasiz tasvirlangan boʻlib, boshqa qolipda quyilganligidan dalolat beradi. Bu haykalchalar ishlanish uslubi va shakli jihatidan qadimgi Sharqning jez davri yodgorliklariga oʻxshab ketadi. Ammo ularning choʻqqi telpak kiygan holda ishlanishi mil. av. 8-7-asrlarda Fargʻona vodiysida yashagan sak qabilalarini eslatadi. Choʻqki telpakli mitti odamlar haykalchalari Shimoliy Eronning Hisor 3 yodgorligidan ham oʻndan oshiq topilgan boʻlib, ular mil. av. 2-ming yillikning birinchi choragiga oiddir. Aflotun xazinasi dagi bilaguzuk, zirak va halqa kabi buyumlar mil. av. 13-10-asrlarda shu hududlarda yashagan sak qabilalarining bobokalonlari — jez davri aholisining yuksak sanʼat asarlari yarata olganlaridan dalolat beradi. Ad.:Zadneprovskiy Yu. A., Drevnezem-ledelcheskaya kultura Ferganoʻ, M., 1962.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |