Afrika oʻyinlari
Afrika oʻyinlari — Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi shofeligidagi yirik mintaqaviy sport musobaqalari hisoblanadi. 1965-yildan Afrika sporti Oliy kengashi (KSSA; 1965-yilda Afrika sporti doimiy qo'mitasi oʻrniga tuzilgan) tomonidan oʻtkazib kelinadi. Bu Oliy kengashga 50 ga yaqin mamlakat aʼzo boʻlgan (1989). Afrika o'yinlari dasturida basketbol, boks, kurash, velosport, voleybol, qoʻl toʻpi, dzyudo, yengil atletika, suvda suzish, futbol va sportning boshqa turlari mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |