Afrika taraqqiyot banki
Afrika taraqqiyot banki (African Development Bank) — Afrika mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini kredit bilan taʼminlaydigan dav-latlararo mintaqaviy bank. 1963-yilda tashkil etilgan. 1967-yildan boshlab faoliyat olib boradi. Boshqaruvi Abid-jon shahrida (Kot-d’Ivuar Respublikasi). Unga Afrikaning 50 mamlakati, boshqa mintaqalardan 25 mamlakat aʼzo (shu jumladan Yugoslaviya, Xitoy). 1980-yillar oxirida ustav kapitali 6,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi, uning 2/3 qismi Afrika davlatlariga tegishli. Ikki filiali bor (Afrika taraqqiyot fondi va Nigeriya trast fondi). Kreditlarning yarmidan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligi va infra-tuzilmalarga yoʻnaltiriladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |