Afrikantrop
Afrikantrop (Afrika va yun. an-thropos — odam) — neandertallar tipiga mansub qazilma odam. Eyasi odami deb ham ataladi. Tanzaniyadagi Eyasi koʻlidan 1935 va 1938-yillarda Afrikantropning bosh suyagi parchalari va ikki oziqtishi saqlangan jagʻ suyagi topilgan. Suyaklar bilan birga tosh qurollar ham topilgan. Pleystotsen davrining 2-yarmiga oid.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |