Afrosiyob koʻchasi (Toshkent)
Afrosiyob koʻchasi – shaharning markaziy qismida, Toshkent shahrining Yakkasaroy, Chilonzor va Mirobod tumanlari hududida joylashgan. Koʻchaning umumiy uzunligi qariyb 2,3 km ni tashkil qiladi. Koʻcha nomi afsonaviy Turon shohi Afrasiyob sharafiga nomlangan[1].
Ko'chaning yuqoridan olingan surati | |
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman |
Yakkasaroy, Chilonzor, Mirobod |
Uzunligi | 2,3 km |
Yaqin metro bekatlari |
Oʻzbekiston, Kosmonavtlar, Oybek |
Kim sharafiga nomlangan | Turon shohi Afrosiyob |
Koʻchada joylashgan binolar |
Humo Arena Interpol Kosmonavt Jonibekov haykali Turkmaniston elchixonasi |
Kesishgan koʻchalar
tahrirKoʻcha Islom Karimov va Olmazor koʻchalari chorrahasidan boshlanib, soʻng chapga burilib, Shahrisabz koʻchasi bilan kesishgan joyda tugaydi. Shuningdek, Oybek, Buyuk Turon, Sharof Rashidov, Mirobod, Yunus Rajabiy va Beshyogʻoch koʻchalari bilan kesishadi. U Koʻhinur va Vosit Vohidov koʻchalariga parallel oʻtadi. Bu ikki tomonlama harakat va ikkita qatnov qismiga ega boʻlgan asfaltlangan sakkiz qatorli yoʻldir[1].
Binolar
tahrirUylarning toq tomonida raqamlash 1-uydan 41-uygacha, juft tomondan 2-uydan 16-uygacha boʻladi. Jamoat ahamiyatiga ega boʻlgan binolarga Janubiy Koreya va Turkmaniston elchixonalari, Sharof Rashidov nomidagi mahalla qoʻmitasi kiradi. Shuningdek, koʻchada Respublika qoʻgʻirchoq teatri, Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy majmua, „Humo Arena“ koʻp funksiyali muz majmuasi va „Moviy gumbazlar“ bulvari joylashgan. Koʻcha Burijar va Anhor kanallari ustidan oʻtadi[1].
Transport
tahrirKoʻcha boʻylab jamoat transporti va Oʻzbekiston, Kosmonavtlar, Oybek metro bekatlari, avtobus yoʻnalishlari joylashgan. Aeroport koʻchadan taxminan 6 km masofada joylashgan[1].
Galereya
tahrirAfrosiyob koʻchalari
tahrir
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 [https://geodzen.com/uz/tashkent/afrosiyob „улица Афросиаб Ташкент“] (ru). geodzen.com. Qaraldi: 25-noyabr.