Afsonalar vodiysi bogʻi
Afsonalar vodiysi bogʻi – Namangan shahrida joylashgan tematik bogʻ, 2019-yilda ochilgan[1][2]. Afsonalar vodiysi bogʻi Namangan shahridagi sobiq Mashrab bogʻi oʻrnida barpo etilgan[2].
Tarixi
tahrirAfsonalar vodiysi bogʻi „Namangan-Istiqlol bogʻi MChJ“[lower-alpha 1] tomonidan Namangan shahridagi sobiq Mashrab bogʻi oʻrnida 155 gektar maydonda 2018-yilda qurilish ishlari boshlangan boʻlib[3], Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yildagi Namangan viloyatiga tashrifi vaqtida bogʻning loyihasi bilan yaqindan tanishgan[4]. Bogʻning nomlanishi ham ushbu tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev tomonidan „Afsonalar vodiysi“ deb nom berishni taklif qildi[4][5][6].
Bogʻ loyihasining umumiy qiymati 123 mln dollarga teng boʻlib, bundan 102 mln dollari taʼsischi tomonidan ajratildi[7]. 2019-yilga kelib, bogʻning bir qismi foydalanishga topshirildi.
Bogʻ inshootlari
tahrirAkvapark
tahrirBogʻ hududida 10 ta xizmat va 5 ta texnik binolar, 16 ta basseyn va 7 ta turli suv attraksionlaridan iborat yopiq va ochiq akvapark mavjud[2][8].
Yusufxon oʻgʻli Qosimxon jome masjidi
tahrirAfsonalar vodiysi bogʻining yana bir diqqatga sazovor inshootlaridan biri boʻlgan Yusufxon oʻgʻli Qosimxon jome masjidi bir vaqtning oʻzida 15 ming namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid 2021-yilda „DOME+Partners“ turk loyihalash kompaniyasi tomonidan qurib, foydalanishga topshirilgan[9][10].
Tomosha charxpalagi
tahrir2024-yilda ishga tushirilgan tomosha charxpalagi balandligi 92 metrga teng boʻlgan, O‘zbekistondagi eng katta charxpalak hisoblanadi. 54 ta kabinaga ega boʻlgan mazkur charxpalak bir vaqtning oʻzida 216 kishiga xizmat koʻrsata oladi[11].
Yana qarang
tahrirIzohlar
tahrir- ↑ "NAMANGAN-ISTIQLOL BOGʻI" MChJ orginfo.uz
Manbalar
tahrir- ↑ Президент Шавкат Мирзиёев Наманган вилоятига ташриф буюрди YouTubeda
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „“Afsonalar vodiysi” bog‘i“. uzbekistan.travel. Qaraldi: 16-may 2024-yil.
- ↑ „“Afsonalar vodiysi” bеtakror va maftunkor“. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ 4,0 4,1 „Aholining mazmunli dam olishi uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi“. president.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Президентимиз “Афсоналар водийси”га борди“. president.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Prezidentimiz “Afsonalar vodiysi”ga bordi“. yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Vodiy afsonaga aylanadi — Prezident nom qo‘ygan istirohat bog‘i haqida“. xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Аквапарк“. afsonaland.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Namangan Mosque / Uzbekistan“. dome.ws. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Namanganda 15 ming namozxonni sig‘dira oladigan "Yusufxon o‘g‘li Qosimxon" jome' masjidida ilk juma namozi ado etildi“. kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
- ↑ „Namanganda O‘zbekistondagi eng baland tomosha charxpalagi o‘rnatildi (video)“. daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 16-may.