Afsun (arabcha -maftun qilish, sehr, avrash) – voqealarning tabiiy jarayoniga moʻjizaviy taʼsir koʻrsatish xususiyatiga ega deb hisoblanadigan soʻzlar, iboralar yigʻindisi. Afsun qadimgi dinlarning, ayniqsa, sehrgarlikning ajralmas qismi boʻlgan. Afsunga baloni daf etish, yo baloga giriftor qilish, xastalikdan shifo topish, omadga yor boʻlish va hokazo usuli deb qaralgan. Afsun qiluvchilar Sergirgarlar yoki afsungar deb atalagn.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil