After – Anna Todd tomonidan yozilgan „After“ romanlar seriyasi asosida suratga olingan Amerika romantik dramalaridan iborat film seriyasi. Film syujeti Tessa va Hardin ismli yosh er-xotin oʻrtasidagi ishqiy munosabatlarning ijobiy va salbiy tomonlari atrofida boʻladi. Voqealar davomida juftlik turli xil kelishmovchiliklarni yengib oʻtadilar va shu bilan birga kelajaklarini birgalikda qurish rejalarini tuzadilar.

After

Afer filmlar seriyasining rasmiy logotipi
Qaysi asarga
asoslangan
After seriyasi
Anna Todd
Rollarda
Chiqarilgan sanasi 2019 – hozirgi kungacha
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $42 million (3 ta film)
Daromadi $168.9 million (5 ta film)

Filmlar tanqidchilar tomonidan salbiy baholangan boʻlsa-da, ular koʻplab muxlislar yigʻa oldi va moliyaviy jihatdan yaxshi natijalarga erishdi[1][2].

Seriyaning yana bir davomiy qismi va muqaddimasi mavjud boʻlib, ikkalasi ham hozirda suratga olinmoqda[3].

Filmlari

tahrir
Film AQShda chiqarilgan sanasi Rejissiyor Ssenariy muallif(lar)i Prodyuserlar Holat
After 12-aprel, 2019-yil(2019-04-12) Jenny Gage Susan McMartin and
Tamara Chestna and
Jenny Gage & Tom Betterton
Jennifer Gibgot, Courtney Solomon, Mark Canton, Aron Levitz, Anna Todd, Meadow Williams Chiqarilgan
After We Collided 23-oktyabr, 2020-yil(2020-10-23) Roger Kumble Anna Todd and
Mario Celaya
Jennifer Gibgot, Courtney Solomon, Mark Canton, Aron Levitz, Anna Todd, Nicolas Chartier and Brian Pitt
After We Fell 30-sentyabr, 2021-yil(2021-09-30) Castille Landon Sharon Soboil Jennifer Gibgot, Courtney Solomon, Mark Canton, Aron Levitz, Nicolas Chartier, Brian Pitt, Jonathan Deckter and Hero Fiennes Tiffin
After Ever Happy 7-sentyabr, 2022-yil(2022-09-07)
After Everything 13-sentyabr, 2023-yil(2023-09-13) Castille Landon Jennifer Gibgot, and Brian Pitt, Aron Levitz, Nicolas Chartier, Courtney Solomon, Mark Canton, Hero Fiennes Tiffin and Castille Landon[4]

After (2019)

tahrir

Tessa oʻzini fidoyi talaba va mas’uliyatli qiz sifatida koʻradi va har doim oʻrta maktabdagi yigitiga sodiq qoladi. Biroq kollejga ketishga jur’at etganda, u Hardin ismli oʻychan va sirli yigit bilan uchrashada va bularning barchasi shubha ostida qoladi. Voqealarga boy romantik uchrashuvlar orqali Tessa nimaga ishongani, uning xarakteri va kelajakda nimani xohlashi haqida filmda batafsil yoritib berilgan[5][6].

After We Collided (2020)

tahrir

Hardin va Tessaning ehtirosli boshlangan munosabatlarining soʻng, ular beqaror va uzlukli munosabatlarni boshdan kechiradilar. Bunga qaramay, juftlik munosabatlarni bir necha marta qayta boshlashadi va ular o'rtasidagi muhabbat uzoq muddatli munosabat qurish yoʻlini topishga yordam berdi deb ishonishadi. Hardin ko'p hollarda qoʻpollik qilishiga qaramay, Tessa unga doim intiladi. Hardin oʻzining qorongʻu oilaviy oʻtmishi va gʻazabini nazorat qilishidagi muammolari bilan kurashishga harakat qiladi. Hardinning hayotiy tajribalari ochila borgani sari, Tessa ularning birgalikdagi kelajagi haqida shubhalanadi. Janjaldan bir oz o'tib avtohalokatga uchragandan soʻng, Hardin Tessaga faqat zarar keltirishiga ishona boshlaydi[7][8] .

After We Fell (2021)

tahrir

Tessaning alkogolga mubtalo boʻlgan, uning yoshligida tashlab ketgan otasi hayotiga qayta kirganda, Tessa va Hardin u bilan munosabat oʻrnatishga harakat qilishadi. Tessa ishga kirish uchun boshqa joyga koʻchishni rejalashtirganida, juftlikning munosabatlari yana taranglashadi. Ular bir-biridan uzoqlashgandan soʻng, boshqa odamlar bilan romantik munosabatlarga qiziqish bildira boshlaydilar. Boshqa variantlarni koʻrib chiqsalar-da, oxir-oqibat ular yarashib olishadi. Ular qayta birlashishga qaror qilishganda, Hardinning haqiqiy oilasi haqidagi oshkor boʻlgan maʼlumotlar juftlikni yangi sarguzashtga undaydi[9][10][11].

After Ever Happy (2022)

tahrir

Garchi ularning munosabatlari davomida turli qiyinchiliklar boʻlgan boʻlsa-da, Tessa va Hardin oʻz muhabbatlari yanada kuchayganini anglashadi. Ular ikkalasining ham oʻz oilalari va tarbiyalari haqida sirlari borligini bilib qolganda, dastlab oʻylaganlaridek bir-biridan unchalik ham farq qilmasliklarini tushunib yetadilar. Birga oʻtkazgan vaqtlari ularning har birining kuchli va zaif tomonlarini muvozanatga keltirgan edi. Tessa endi ilgarigidek oddiy yaxshi qiz emas va Hardin oʻzining shafqatsiz qattiq tashqi qobigʻini yengib oʻtgan. Shunga qaramay, ular birga oila qurishga intilgan holda, yangi paydo boʻlgan farqlarini yengib oʻtishda davom etadilar[10][12][13].

After Everything (2023)

tahrir

Hardin Tessaning undan uzoqlashib, u bilan birga boʻlishni istamaganidan yuragi parcha boʻladi. Hardin u bilan birga boʻlishni xohlaydi. Tessa Hardinga hayotida davom etishini aytadi. Hardin Nataliyedan unga qilgan barcha noxush ishlari uchun kechirim soʻrash uchun Portugaliyaning Lissabon shahriga boradi. Nataliye bilan yuzma-yuz uchrashganda, Nataliye uning ketishini xohlaydi. Hardin Sebastianga (Nataliyening doʻstiga) duch keladi, Sebastian Hardindan nafratlanadi va unga „agar menga bogʻliq boʻlganda, sen qamoqda chirib ketarding“ deydi. Keyinchalik Hardin Sebastian bilan toʻxtovsiz janjallashgani uchun qamoqqa tushadi. Bu vaziyatlardan keyin Hardin va Tessaning birga boʻlishi-boʻlmasligi soʻroq ostida qoladi[14].

Future (2024)

tahrir

2021-yil aprel oyida seriyaning yana ikkita qoʻshimcha qismi ishlab chiqilayotgani eʼlon qilingan. Bular prikvel (oldingi voqealar haqida hikoya qiluvchi film) va sikvel (keyingi voqealar haqida hikoya qiluvchi film) boʻlib, 2021-yil kuzida ketma-ket suratga olinishi rejalashtirilgan edi. Bu filmlarni Castille Landon yozishi va rejissyorlik qilishi tasdiqlangan[3][15]. Oʻsha yilning iyun oyida rejissyor avval MMA mavzusi atrofida qurilgan muhabbat tarixi haqidagi original ssenariy asosida asosiy suratga olish ishlarini yakunlab, soʻngra film seriyasi ustidagi ishini davom ettirishini maʼlum qilgan[16].

Before (2025)

tahrir

2021-yilda Landon „Before“ nomli novella asosida yaratilgan prikvel haqida maʼlumotlarni oshkor qilgan. Ushbu prikvel Hardinning Tessa bilan uchrashishidan oldingi hayotini tasvirlaydi. Loyiha kengroq miqyosni qamrab oladi va syujetni yanada kengaytirib, qahramonning ruhiy jarohatlari va oilaviy hayotini ham oʻz ichiga oladi. Filmda qahramonning yoshligi tasvirlanishi sababli, Fiennes Tiffin bu rolni ijro etmaydi[15].

Nomlanmagan sikveli

tahrir

„After Ever Happy“ filmining epilogidagi tafsilotlardan ilhomlangan holda, syujet Scott oilasining keyingi avlodi atrofiga quriladi. Filmning asosiy qahramonlari Emery va Auden Scott, shuningdek, ularning amakivachchasi Addy hisoblanadi. Hardin va Tessa ikkinchi darajali qahramonlar qatorida Emery va Audenning ota-onalari sifatida syujetga qoʻshiladi. Tiffin va Langford oʻz rollarini ijro etishmaydi. Film yozuvchisi va rejissyori Landon film ota-onalarning gunohlarini yelkalab yurgan va undan qutulishga urinayotgan bolalarini tasvirlashini aytadi. Garchi hikoya avvalgi moslashuvlarga qaraganda kamroq manba materialiga ega boʻlsa-da, kinoijodkor bu avvalgi qismlarga sodiq qolishini taʼkidlagan[15].

Aktyorlar tarkibi

tahrir
Qahramonlar Filmlar
After After We Collided After We Fell After Ever Happy After Everything
2019 2020 2021 2022 2023
Asosiy rollar
Tessa Young Josephine Langford Samantha Fries Josephine Langford
Hardin Scott Hero Fiennes Tiffin Hero Fiennes Tiffin
(John Jackson Hunter)
Hero Fiennes Tiffin Hero Fiennes Tiffin
(Franklyn Kendrick)
Hero Fiennes Tiffin
Carol Young Selma Blair Mira Sorvino
Landon Gibson Shane Paul McGhie Chance Perdomo
Karen Scott Jennifer Beals Karimah Westbrook Frances Turner
Ken Scott Peter Gallagher Rob Estes
Yordamchi rollar
Molly Samuels Inanna Sarkis  
Tristan Pia Mia  
Steph Jones Khadijha Red Thunder  
Zed Evans Samuel Larsen  
Noah Porter Dylan Arnold  
Trevor Matthews   Dylan Sprouse  
Trish Daniels   Louise Lombard
Christian Vance   Charlie Weber Stephen Moyer
Kimberly   Candice King Arielle Kebbel
Richard Young   Stefan Rollins Atanas Srebrev  
Robert Freeman   Carter Jenkins
Nora   Kiana Madeira
Smith Vance   Max Ragone Anton Kottas
Emery Young   Aya Ivanova
Nathalie   Mimi Keene
Sebastian   Benjamin Mascolo
Naomi   Ella Martine
Maddy   Jessica Webber

Jamoa va tafsilotlar

tahrir
Film Jamoa/Tafsilot
Bastakor Kinematograf(lar) Muharrir Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Namoyish etuvchi kompaniyalar Davomiyligi
After Justin Burnett Adam Silver,
Tom Betterton
Michelle Harrison Voltage Pictures,
Offspring Entertainment,
CalMaple Media,
Diamond Film Productions,
Frayed Pages Entertainment,
Wattpad Entertainment
Aviron Pictures 106 daqiqa
After We Collided Larry Reibman Anita Brandt-Burgoyne Voltage Pictures,
Offspring Entertainment,
CalMaple Media,
Frayed Pages Entertainment,
Wattpad Entertainment
Open Road Films 105 daqiqa
After We Fell George Kallis Rob C. Givens,
Joshua Reis
Morgan Halsey Voltage Pictures,
Vertical Entertainment,
CalMaple Media,
Ethea Entertainment,
Wattpad Entertainment
Voltage Pictures 99 daqiqa
After Ever Happy Voltage Pictures,
CalMaple Media,
Wattpad Studios
95 daqiqa
After Everything Joshua Reis Joshua Kirchmer Voltage Pictures,
Wattpad Studios
93 daqiqa

Qabul qilinishi

tahrir

Kassa yigʻimi

tahrir
Film Kassa yigʻimi Umumiy reytingi Byudjet Manba(lar)
AQSh va Kanada Boshqa hududlar Dunyo boʻylab AQSh va Kanada Dunyo boʻylab
After $12,138,565 $57,359,022 $69,497,587 #4,820 #1,984 $14,000,000 [17][18]
After We Collided $2,386,483 $45,603,931 $47,990,414 #7,457 #2,142 $14,000,000 [19][20][21]
After We Fell $2,170,750 $19,398,396 $21,569,146 #7,587 #3,539 $14,000,000 [22][23][24]
After Ever Happy $1,072,750 $18,165,323 $19,238,073 #8,717 #4,469 [25]
After Everything $10,628,992 $10,628,992 [26]
Totals $17,768,548 $151,155,664 $168,924,212 #7,145 #3,034 >$42,000,000

Tanqidiy qabul

tahrir
Film Rotten Tomatoes Metacritic
After 18% (39 ta sharh)[27] 30 (8 ta sharh)[28]
After We Collided 12% (17 ta sharh)[29] 14 (4 ta sharh)[30]
After We Fell 8% (12 ta sharh)[31] N/A
After Ever Happy 0% (7 ta sharh)[32] N/A
After Everything — (2 ta sharh)[33] N/A

Manbalar

tahrir
  1. Atom Insider staff. „'After We Fell': How The 'After' Franchise Became A Phenomenon“. Atom Tickets Insider (2021-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  2. El-Mahmoud, Sarah. „After We Fell Has Already Hit A Box Office Milestone“. CinemaBlend (2021-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 D'Alessandro, Anthony. „'After' Franchise Expands With Prequel & Sequel; Castille Landon Set As Director & Writer“. Deadline (2021-yil 19-aprel). Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  4. „After Everything (2023 film)“, Wikipedia (inglizcha), 2023-11-06, qaraldi: 2023-11-10
  5. Gleiberman, Owen. „Film Review: 'After'“. Variety (2019-yil 11-aprel). Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  6. Dujsik, Mark. „After“. RogerEbert.com (2019-yil 12-aprel). Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  7. Kiang, Jessica. „'After We Collided' Review: You Know, Maybe 'Twilight' Wasn't So Bad After All“. Variety (2020-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  8. „After We Collided“. RogerEbert.com (2020-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  9. Budowski, Jade. „Stream It Or Skip It: 'After We Fell' On Netflix, Another Installment In The Sexy Harry Styles-Inspired Romance Series“. Decider (2020-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  10. 10,0 10,1 D'Alessandro, Anthony. „'After' Sequels 'After We Fell' & 'After Ever Happy' Going Into Production; Castille Landon To Direct – Updated“. Deadline (2020-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 19-aprel.
  11. Freeman, Molly. „After We Fell Review: Only Franchise Fans Will Enjoy This Lackluster Drama“. ScreenRant (2021-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  12. Kiang, Jessica. „'After Ever Happy' Review: OMG #Hessa is Back and Blander Than Ever!“. Variety (2022-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  13. Fuentes, Tamara. „Everything We Know About 'After Ever Happy,' the Next Movie in the 'After' Series“. Cosmopolition (2022-yil 14-fevral). Qaraldi: 2022-yil 21-fevral.
  14. After Everything (2023) - IMDb (ingliz (Amerika)), qaraldi: 2023-07-01
  15. 15,0 15,1 15,2 Dodson, P. Claire. „"After" Movie Series Adds Hardin Prequel, Next-Generation Sequel: Exclusive“. Teen Vogue (2021-yil 19-aprel). Qaraldi: 2021-yil 19-aprel.
  16. Horst, Carole. „'After Ever Happy' Helmer Castille Landon Talks About Drama and Safe Sets“. Variety (2021-yil 23-iyun). Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  17. „After“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  18. „After (2019)“. The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  19. „After We Collided (2020)“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  20. „After We Collided (2020)“. The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  21. Atom staff. „'After We Fell': How The 'After' Franchise Became A Phenomenon“. Atom Tickets Insider (2021-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  22. „After We Fell (2021)“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  23. „After We Fell (2021)“. The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  24. „Everything you need to know about "After We Fell" on Netflix USA“. New on Netflix USA. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  25. „After Ever Happy“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  26. „After Everything“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2023-yil 8-noyabr.
  27. „After“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
  28. „After (2019)“. Metacritic. Fandom, Inc.. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  29. „After We Collided“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
  30. „After We Collided“. Metacritic. Fandom, Inc.. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  31. „After We Fell“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
  32. „After Ever Happy“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 2024-yil 1-aprel.
  33. „After Everything“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.

Havolalar

tahrir