Agʻdash
Agʻdash (ozarbayjoncha: Ağdaş) — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1900-yildan). Agʻdash temir yoʻl stansiyasidan 47 km. Aholisi 20,9 ming kishi (1999). Yogʻ-sir, avtomobil tuzatish, paxta tozalash, sut zavodlari bor. Qadimiy shahar, ipak va ipak buyumlari savdosi bilan mashhur boʻlgan. Karvonsaroy saqlangan. Agʻdash 16-asrda vujudga kelgan.
Agʻdash Ağdaş | |
---|---|
Shahar | |
40°39′00″N 47°28′34″E / 40.65000°N 47.47611°E | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
{{{mintaqa_turi}}} | Agʻdash |
Hukumat | |
Asos solingan | 1900-yil |
Markazi balandligi | 40 m |
Rasmiy til(lar)i | ozarbayjon tili |
Aholisi (2010) |
25 345 |
Vaqt mintaqasi | UTC+4:00 |
Telefon kodi | +994 193 |
Pochta indeks(lar)i | AZ 03000 |
|
Tarixi
tahrir19-asr boshlarida Sheki xonlıgıning Agʻdash tumanidagi kichik Uchgovag qishlogʻi keyinchalik Agʻdash deb atalgan.
1819-yilda Sheki xonligi oʻrnida Sheki viloyati tashkil topdi[1]. Keyinchalik 1840-yil 22(10)-apreldagi „Kavkazorti maʼmuriy islohot qonuni“ga muvofiq Shaki viloyati Kaspiy viloyati tarkibiga kirdi va shundan keyin u „Sheki uyezdi“ deb ataldi[1]. 1846-yilda Kaspiy viloyati tugatilgandan keyin Sheki uyezdi avval Kaspiy viloyatida tashkil etilgan Shamaxi gubernatorligi (1859-yildan Boku viloyati deb atalgan)[2] tarkibida qoldi, biroq keyinchalik Sheki uyezdi Boku viloyati tarkibidan chiqarildi va 1867-yil oxirida yangi tashkil etilgan Yelizavetpol gubernatorligi tarkibiga qoʻshildi. Oʻsha paytda Sheki uyezdi maʼmuriy markaz nomiga koʻra rasman Nuxa uyezdi deb atalgan[3]. 1873-yilda Nuxa uyezdi hududining bir qismi Yelizavetpol gubernatorligining Aresh uyezdi deb atalgan boshqa bir uezdga ajratildi[4].
Paxtachiligi
tahrir1887-yilda Lodz kontoriyasining boshligʻi Ramendik Agʻdashga kelib, paxta maydonlarini ochdi, Xitoyda ishlab chiqarilgan 4 ta paxta mashinasi va paxtani dastlabki qayta ishlash va qadoqlash uchun press oʻrnatdi. 1897-yilda Agʻdashda paxtachilik uchun xitoy mashinalaridan iborat yettita zavod boʻlgan. Agʻdash bozorida 1888-yilda 3100 pud paxta sotilgan boʻlsa, 1892-yilda bu raqam 28000 pudga yetdi.
19-asr oxirida Agʻdash butun Kavkazda paxta ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish markaziga aylandi. Shuning uchun 1904-yilda Agʻdashda Kavkaz paxtakorlarining birinchi qurultoyi boʻlib oʻtdi[5].
Taʼlimi
tahrirOzarbayjonda ilk ochilgan taʼlim muassasalaridan biri 1882-yil 25-oktyabrda Agʻdash shahrida pedagog Sulaymon Gʻoyibov tomonidan asos solingan rus-tatar maktabi boʻldi. Oʻsha davrda Ozarbayjondagi uchta maktabdan biri Agʻdashda ochilgani bejiz emas. Chunki bundan oldin Agʻdashda oʻsha davrgacha odamlarga taʼlim beradigan 20 tagacha madrasa boʻlgan[5].
Shahar maqomi 1900-yilda Agʻdash qishlogʻiga berilgan. 20-asr boshlarida Agʻdashda „Nəshri-maarif“ jamiyati, qiroatxona, „Saadat“ qizlar maktabi, „Saodat“, „Dorulirfan“ va „Rushdiye“ kabi taʼlim muassasalari faoliyat yuritgan. Bu muassasalarda Muxtor Afandizoda, Donat Mammadzoda, Hasan Afandiyev kabi pedagoglar faoliyat yuritgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „NATIONAL EMBLEM : The emblems of provinces“.
- ↑ „NATIONAL EMBLEM : Baku Governorate“.
- ↑ „Administrative territorial reforms in Caucasus in middle and second half of 19th century“. Qaraldi: 2011-yil 9-avgust.
- ↑ „Elisabethpol (Ganja) Governorate : Administrative division“.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „In Azerbaijani-İnzibati-ərazi vahidləri“.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
- Azerbaijan with Excursions to Georgia, 3rd edition p237 by Mark Elliott published by Trailblazer, 2004
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |