Agadir
Agadir — Marokashdagi shahar, Atlantika okeani sohilidagi port. Agadir provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 700 ming kishidan ortiq. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Baliq konserva va sement ishlab chiqarish va boshqa korxonalari bor. Dengiz boʻyi turizmi va istirohat markazi. Shaharga XVI asrda asos solingan. Agadir 1911-yilgi xalqaro nizo — Marokashda Germaniya bilan Fransiyaning raqobati tufayli kelib chiqqan voqealar bilan mashhur. 1960-yil zilzilada shahar qattiq shikastlangan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |