Agalaktiya
Agalaktiya (yunoncha a — inkor qoʻshimchasi, gale — sut) — emizikli ayol koʻkragida sut boʻlmay qolishi. Agalaktiya asosan sut bezlarining yetarli rivojlanmaganligi va organizmda ichki sekretsiya bezlari funksiyasining buzilishi, masalan, jinsiy bezlar va gipofizdan chiqadigan gormonlar oʻrtasidagi muvozanatning yoʻqolishi, baʼzi aʼzolarning kasallanishi natijasida kelib chiqadi. Notoʻgʻri ovqatlanish, kuchli hayajon, qoʻrquv va asabiylanish ham Agalaktiyaga sabab boʻlishi mumkin. Umuman, Agalaktiya Kamroq uchraydi, koʻproq gipogalaktiya, yaʼni sut kamayib qolish hodisasi roʻy beradi. Agalaktiyani davolash uchun sut bezini massaj qilish (uqalash), oʻz vaqtida va bekamu koʻst ovqatlanish, tiniqib uxlash va dam olish lozim. Bu yordam bermasa, vrach tavsiyasi bilan bolani boshqa ayolga emizdirish yoki goʻdaklar uchun moʻljallangan sutli ovqatlar bilan boqish tavsiya etiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |