Ager publikus
Ager publikus (lotincha Ager publicus — jamoat yeri) — qadimgi Rimdagi davlat yer jamgarmasi; rimliklar tomonidan boʻysundirilgan joylardagi yerlar. Undan foydalanishning turli usullari boʻlgan; koʻp qismini patritsiylar egallab olib, oʻz xususiy mulkiga aylantirgan. Lebeylariyant patritsiylarga qarshi kurashining birdan-bir sababi ham Ager publikusni qayta boʻlish va undan foydalanish masalasi edi. Bunday kurash bir qancha agrar qonunlar (masalan, Litsiniy Sekstiy va Grakxlar qonunlari)ni vujudga keltirdi. Imperiya davrida jamoa yerlari qolmadi, viloyatdagi hamma yerlar davlat hisobiga oʻtdi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |