Agop Handanyan
Agop Handanyan (Յակոբ Հանտանեան, 1834, Diyarbakir, Usmoniylar davlati – 1899-yil 30-oktyabr, Istanbul, Usmoniylar imperiyasi) – taniqli shifokor, yozuvchi, tarjimon, professor va Usmonliy davlatidagi ilk ilmiy turdagi kitob muallifi[1]. Asli kelib chiqishi arman[2].
Agop Handanyan | |
---|---|
Tavalludi | 1834 |
Vafoti | 30-oktyabr 1899 |
Fuqaroligi | Usmonli imperiyasi |
Kasbi | shifokor, yozuvchi, tarjimon. |
Biografiyasi
tahrirAgop Handanyan Diyorbakirda tugʻilgan, lekin 5 yoshida Konstantinopolga koʻchib oʻtgan. Dastlab Üsküdardagi Jemaran arman maktabida tahsil olgan. Oʻrta maktabni tugatgach, shifokorlik faoliyatini boshlaydi. 1860-yil Usmonlilar imperiyasidagi ilk tibbiyot maktabi „Mekteb-i Tıbbiye-i Şahane“da taʼlim oladi. 1878-yilda Usmonli arman professori Servichan Afandi isteʼfoga chiqqach, Handanyan Harbiy Tibbiyot Akademiyasida faoliyat boshlaydi. Keyinchalik Fuqarolik tibbiyoti maktab kengashining umumiy arxivida ishlagan.
Tarjimalari
tahrirFransuz tilini yaxshi bilgan doktor Agop Handanyan fransuz tilidagi tibbiyot kitoblarini Usmonli turk tiliga tarjima qilish bilan shugʻullangan. 1875-yil Jozef Briand va Ernest Chaude kitoblarini fransuz tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan. 1877-yil fransuz tilidan tarjima qilingan „Tıbb-ı Kanuniy“ asarini nashr ettirgan. Shundan soʻng 1885-yilda „Kimyo-yi Kanuniy“ nomli toksikologiya oid tadqiqotlarini jamlaydi. Bu kitoblar Usmonli davlati tarixidagi dastlabki tibbiyot kitoblaridir[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Osmanlı'da asayiş, suç ve ceza : 18.-20. yüzyıllar (Türkçe). İstanbul: Türkiye Ekonomik ve Toplumsal Tarih Vakfı, 2007 — 107-bet. ISBN 9789753332156.
- ↑ Türk kimya eserleri bibliyografyası: (basmalar 1830-1928) ve modern kimya biliminin Türkiye Cumhuriyetinin kuruluşuna kadar olan durumu ve gelişmesi (Türkçe). İslâm Tarih, Sanat, ve Kültür Araştırma Merkezi, 1985 — 19-bet.
- ↑ „Yurdumuzda Adli Tıp Öğretimi“ (Türkçe). I.T.U. - Istanbul University Tip Fakueltesi. 9 mayıs 2007da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26 kasım 2012.