Agrar huquq— agrar munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan, Oʻzbekiston huquq tizimida kompleks huquq tarmogʻi sifatida mustaqil egallagan huquq tarmogʻi[1].

Ushbu huquq agrar sohada turli huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Agrar huquq qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq yer, suv, mehnat va mulk huquqlarini belgilash va himoya qilish, davlat organlari va fermer xoʻjaliklari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish va taqsimot jarayonlarini nazorat qilish bilan shugʻullanadi.

Agrotexnika vositalarini olish tartibi

tahrir

Agro texnika vositalarini takomillashtirish boʻyicha alohida qonun va qonunosti hujjatlari mavjud. Bunga misol tariqasida Agrar sektorni zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlashni ragʻbarlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining prezident qarori mavjud. Bu qarorning maqsadi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda zarur agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, agrar sektorda qishloq xoʻjaligi texnikasiga boʻlgan talabni qondirish, qishloq xoʻjaligi korxonalarini maʼnan va jismonan eskirgan texnikalar oʻrniga zamonaviy va resurstejamkor texnikalar bilan taʼminlashni ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishdan iborat[2].

Sugʻurta tizimi

tahrir

Agro texnikararni sugʻurtalash huquqi ham mavjud. Bu sugʻurta agro texnika vositalariga qandaydir zarar yetadigan boʻlsa maʼlum bir miqdorini ushbu sugʻurta tashkiloti tomonidan qoplab beriladi. Bunday tashkilotlardan biri „OʻZAGROSUGʻURTA“ AJ mavjud. Ushbu sugʻurta kompaniyasi texnikalarni sugʻurtalash bilan bir qatorda turli xil baxtsiz hodisalarni ham sugʻurtalash huquqiga ega[3].

Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari berish tartibi

tahrir

Fermer xoʻjaligi oʻziga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektdir. Boʻsh turgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari fermer xoʻjaligini yuritish uchun ochiq elektron tanlov orqali beriladi. Ilmiy-tadqiqot muassasalariga, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlariga oʻquv, tajriba, nav sinash maqsadlari uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilmaydi. Fermer xoʻjaligi ishlab chiqarish maqsadlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda yer uchastkalarini qoʻshimcha ijaraga olishi mumkin. Fermer xoʻjaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti boʻlishi mumkin emas. Kreditlar olish uchun fermer xoʻjaligi oʻz mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini garovga qoʻyishga haqli. Fermer xoʻjaligi yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda garovga qoʻyishga haqli[4].

Manbalar

tahrir