Agrikola Georg (haqiqiy familiyasi Bauyer; lotincha, agricola — dehqon, nemischa bayer soʻzining tarjimasi) (1494.24.3 — 1555.21.11) — kon va metallurgiya boʻyicha nemis olimi (asli vrach). 1527 — 31 yilarda Yaximov shahrida (Chexiya), 1533-yildan Xemnits shahrida (Saksoniya) yashagan. Agrikola Georg Yevropada birinchi boʻlib „Konchilik ishlari haqida…“ (1550-yil; 12 kitob, 1556-yilda nashr qilingan) asarida konchilik-metallurgiya ishlab chiqarishni jarayonlar boʻyicha umumlashtirgan. Bu asar 18-asr gacha geol., konchilik ishlari va metallurgiya boʻyicha asosiy qoʻllanma boʻlib keldi. Agrikola Georg qariyb 20 ta yangi mineralning tavsifini bergan va tashqi koʻrinishidan aniqlash metodini ishlab chiqqan. Metall va minerallarning shifobaxsh xususiyatlarini tadqiq etgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil