Agrometeorologik byulleten — agrometeorologik sharoitlar taxlil qilingan axborotning asosiy shakli. Har oʻn kunlikda gidrometeorologiya markazi tomonidan nashr qilinadi. Agrometeorologik byulleten quyidagi boʻlimlardan iborat: 1) oʻn kunlikning gidrometeorologik xususiyatlari (havo va tuproq harorati, yogʻinlar, shamolning yunalishi va tezligi va hokazo); bunda oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishiga qulay yoki noqulay sharoitlar — qorasovuq, garmsel, shoʻzonli boʻron va hokazo alohida qayd qilinadi; 2) ekinlarning oʻsishi va rivojlanishi hamda mollarni oʻtlatishning agrometeorologik sharoitlari. Bu bulimda asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari (ayniqsa, gʻoʻza)ning rivojlanish sur’atlari, ularning namlik bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilinadi, ekinzorlar holatiga baho beriladi. Agrometeorologik byulleten Oʻzbekistonda 1927-yildan boshlab nashr etiladi. 1930-yildan muntazam chiqarila boshladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil