Agrometeorologik monitoring — iqlimning antropogen omillar taʼsirida oʻzgarishiga qarab agroiqlimiy resurslarni va ekinlarning hosildorligi oʻzgarishlarini baholash tizimi. Iqlimning oʻzgarishi hududlarda ahrli zichligining oshishi, hududlarni sugʻorish, mintaqalarning choʻlga aylanishi, transport, kimyo va boshqa korxonalarning faoliyati taʼsirida sodir boʻladi. Antropogen omillar taʼsirida harorat va yogʻinlar oʻzgaradi. Masalan, hozir antropogen omil taʼsirida baʼzi joylarda harorat 3-4, yogʻin miqdori esa 50% gacha oshishi natijasida vegetatsion davrning oʻzgarishi ham taxmin qilinmoqda. Natijada umumiy hosildorlik 10-30% ga kamayishi mumkin. Agrometeorologik monitoring tizimini tuzishda bunday oʻzgarishlar hisobga olinadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil