Agrometeorologik omillar – oʻsimlikning rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadigan va uning hosildorligini baholashga imkon beradigan omillar (oʻrtacha sutkalik havo harorati, havoning namlik miqdori, shamolning tezligi, quyosh radiatsiyasi, tuproq harorati, qorasovuq va hokazo). Odatda Agrometeorologik omillar asosiy va ikkinchi darajali turlarga boʻlinadi. Masalan, harorat vegetatsion davrda past boʻlsa, hosil pishib yetilmaydi va shu sababli u asosiy omil hisoblanadi. Shamol taʼsirida oʻsimlik qisman nobud boʻlishi mumkin, lekin asosiy omil yetarli boʻlsa, hosil pishib yetiladi. Agrometeorologik omillarni baholashda omillarning oʻrnini toʻldirib bulmaslik qonuniga amal qilinadi (qarang Dehqonchilikning asosiy qonunlari).

EKALOGIK OMILLAR VA ULARNING AHAMIYATI

tahrir

Ekologik omillar — atrof muhitning organizmlar faoliyatiga oziga xos tasir etuvchi ma lum sharoitlari va elementlari majmuyi. Ekologik omillar 2 katta guruh abiotik omillar va biotik omillarga bolinadi. Ekologiyada cheklovchi omillar tushunchasi ham mavjud, ular tarkibiga organizmlar mavjudligi va rivojlanishini cheklovchi har qanday omilni kiritish mumkin.

Muhit quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat.

Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga bo linadi: 1. Abiotik omillar — anorganik tabiat sharoitining yoki olik tabiatning yig indisi. Bularga harorat, yoruglik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil