Agtelek (Baradla-Domitsa) — Yevropadagi eng yirik karst gʻorlaridan biri, Slovakiya Krasi (ohaktoshli plato)da joylashgan. Gʻorga Slovakiya tomondan ham (Domitsa), Vengriya tomonidan ham (Baradla) kiriladi. Umumiy uzunligi 25 km chamasida (shundan 15 km Vengriyada). Koʻp sonli yer osti zallarida stalaktit va stalagmitlar, koʻllar, yer osti daryolari (Stiks, Axeron) bor. Gʻor turistlar ziyorati uchun jihozlangan. Agtelekda sanatoriy, konsert zali ishlab turipti.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil