Ahad Aminov
Ahad Umarovich Aminov (1920.30.5, Namangan — 1992, Toshkent) — kulol, Toshkent kulollik maktabi vakili. Samarqand badiiy bilim yurtining ku-ollik boʻlimida va Toshkent badiiy oʻquv ishlab chiqarish kombinatida tahsil koʻrgan (1935 — 38). Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1942). P. Menkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtida oʻqituvchi (1951 — 52). Toshkent chinni zavodini tashkil qilishda qatnashgan (1938). Aminov ijodi uchun xalq kulollik sanʼati anʼanalariga (lagan, kosa, vaza va boshqalar) asoslangan holda shakllar ustida izlanish xosdir. U buyumlarni qalami, chizma usulida bezab, bezakda islimiy (ayniqsa avvali bahor va boshqalar) naqshlardan keng foydalanadi. Asarlari Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Amaliy sanʼat mu-zeyi, muzeylarda saqlanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |