Ahli haq
Ahli haq (fors, arabcha – „haqiqat kishilari“) – Eron va unga qoʻshni mamlakatlarda tarqalgan shialarning yashirin jamoasi. Eronlik shialar Ahli haq tarafdorlarini „aliilohiylar“ deb ataydilar. Bu jamoa taxminan 14-asrda vujudga kelgan. Gʻarbiy Eron va Sharqiy Turkiyaga, keyinchalik Afgʻoniston, Iroq, Suriya, Ozarbayjonning janubiga yoyilgan. Ahli haq Ali azaldan ilohiy va u Odamatodan to Muhammad (sav)ga qadar boʻlgan paygʻambarlarda, shia imomlari va kelajak mahdiyda mujassamlanadi, deb hisoblaydilar. Ahli haq jannat va doʻzaxni inkor etib, jonning yangicha shaklga kirishiga ishonadilar. Ular darvishlarga oʻxshab jazavaga tushadilar. Hozirgi vaqtda Ahli haq Turkiyada shialarning taxminan 90% ini, Afgʻonistonda 15% dan ortigʻini, Eronda 8% ga yaqinini tashkil qiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |