Ahmad Abdullayev
Ahmad Abdullayev — filologiya fanlari doktori. Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tugʻilgan. Tojikiston Fanlar akademiyasining Rudakiy nomidagi til va adabiyot instituti professori.
Ahmad Abdullayev | |
---|---|
Tavalludi |
1936-yil 15-mart Surxondaryo viloyati Boysun tumani |
Kasbi | professor |
Sohasi | filologiya |
Institutlar | Tojikiston FA ning Rudakiy nomidagi til va adabiyot instituti |
Taʼlimi | oliy |
Ilmiy darajasi | filologiya fanlaei doktori |
Mashhur ishlari | Adib Sobir Termiziy hayoti va ijodiyoti |
Hayoti
tahrirAhmad Abdullayev 1936-yil 15-martida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Bibishir uchastkasida tugʻilgan.
Taʼlimi
tahrir1953-yil Ahmad Maksim Gorkiy nomidagi oʻrta maktabni tugatadi. Keyinchalik esa Dushanbega boradi va u yerda T.Shevchenko nomli Tojikiston davlat pedagogika institutining filologiya fakuktetiga oʻqishga kiradi. Oʻqishni tugatgach 1957-yildan 1959-yilga qadar Boysun tumanidagi oʻzi taʼlim olgan Maksim Gorkiy nomli maktabda avval ilmiy boʻlim mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. Soʻnggi ikki yilda esa oʻqtuvchi sifatida faoliyat yuritadi.
1959-yil Tojikiston Fanlar akademiyasi qoshidagi aspiranturaga oʻqishga kiradi va „Adib Sobir Termiziy Hayoti va ijodiyoti“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi bilan shugʻullanadi.
Faoliyati
tahrirAhmad Abdullayev 1963-yilda Tojikiston Fanlar akademiyasining Rudakiy nomidagi til va adabiyot institutida ish faoliyati boshlagan. Shu yerda yuzdan ortiq ilmiy ishlar qilgan va fors-tojik adabiyoti tarixiga aloqador bir necha oʻnlab maqolalari oʻzbek, rus va tojik tillaridagi gazetalarda chop etilgan.
Asarlari
tahrirAhmad Abdullayevning 3 ta monografik asari mavjud. Bular: „Adib Sobir Termiziy hayoti va ijodiyoti“, „Zohid Faryobiy hayoti va ijodiyoti“. „Fors-tojik adabiyoti XI asrning birinchi yarmida“ nomli kitoblaridir. Shuningdek, uning fors-tojik tilidagi maqolalari „Sadoi sharq“, „Axborot“, „Pomir“ va „Sovet maktabi“ jurnallarida bosib chiqilgan. Adib tomonidan 165-yilda Sobir Termiziyning asarlari toʻplanib Tojikistonda bosmadan chiqarilgan[1].
2003-yilda Ahmad Abdullayevning oʻzbek tilidagi „Adib Sobir termiziy“ nomli kitobi oʻzbek tilida bosmadan chiqdi[2]
Manbalar
tahrir- ↑ B.Qodirov. Surxondaryo olimlari, Mehnat, Toshkent, 1990-yil — 9-10-bet.
- ↑ Abdullayev, Ahmad. Adib Sobir Termiziy. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003-yil — 124-bet. ISBN 5-633-01483-9.