Ahmad Kosoniy
Ahmad Kosoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Ahmad Kosoniy (arabcha: أحمد كاساني Ahmad Kosoniy — Toʻliq ismi: Abuljavd Ato ibn Ahmad ibn Sodiq Xolidiy Kosoniy — Muhaddis.
Faoliyati
tahrirNajmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand“ asarida Ato ibn Ahmad Kosoniyning Xolid ibn Valid avlodidan ekanligi aytiladi. Kosonda tavallud topgan. Biroq, yashagan davri haqida maʼlumotlar manbalarda zikr qilinmagan. Uzoq muddat Samarqandda yashab, islom ilmlaridan tahsil olgan. Hadis rivoyat qiladigan olim darajasiga yetishgan, keyin ona yurti Kosonga qaytib, u yerda shahid bo‘lgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 332.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |