Ahmad al-Shuqayriy
Ahmad Mazin al-Shuqayriy( arabcha: أحمد مازن الشقيري; 1973-yil 6-iyunda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida tugʻilgan), [1] saudiyalik tashabbuskor va ommaviy axborot vositalari namoyondasi . [2] U 2005 yildan 2015 yilgacha boʻlgan vaqtni qamrab olgan “Gʻoyalar” ("خواطر") dasturi bilan mashhur boʻlib, bu arab dunyosida, xususan Saudiya Arabistonida muhim tijorat muvaffaqiyati edi. U ijtimoiy tarmoqlarda sezilarli taʼsirga ega boʻlib, 18,2 million obunachiga ega (2019-yil oktyabr holatiga koʻra). Dunyodagi eng yaxshi 100 talikka kirganlardan. Shuningdek, 2015 yilda Twitterda esa Saudiya Arabistoni boʻyicha 1-oʻrinni egallagan. [3]
Ahmad Alshugairi – أحمد الشقيري | |
---|---|
Tavalludi |
Ahmad Mazen Alshugairi 6-iyun 1973-yil |
Fuqaroligi | Saudiya Arabistoni |
Kasbi | TV Personality |
Faoliyat yillari | 2002–present |
Turmush oʻrtogʻi |
Rola Dashisha (turm. 1999) |
Vikiiqtibosda Ahmad al-Shuqayriyga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Biografiya
tahrirShaxsiy hayoti
tahrirAl-Shuqayriy Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida tugʻilgan va Jiddadagi Manarat oʻrta maktabini tugatib, Amerika Qoʻshma Shtatlarga koʻchib borgan va u yerda menejment tizimlari boʻyicha bakalavr darajasini va Kaliforniya shtati universiteti-Long-Bichda magistraturadarajasini oldi. [4]
1996 yilda Saudiya Arabistoniga qaytib, otasining tijoratida ishlay boshladi.
Otasi Mazen al-Shuqayriy, onasi Affaf Ali. Ahmad al-Shuqayriy ikki marta turmush qurgan; birinchi turmush oʻrtogʻi Yasmin bilan ajrashgandan soʻng, u ikkinchi turmush oʻrtogʻi "G'oyalar" dasturining 5 va 6- mavsumidagi kostyumlar dizayneri boʻlgan Rola Dashishaga uylandi. Ularning Yusuf va Ibrohim ismli ikki o‘g‘li bor.
Mavqe
tahrirMedia sohasidagi faoliyatini 2002-yilda “ Yalla ya Shabob” (“Keling, yigitlar”) “Agar u oramizda bo‘lganida” va ikkinchi ko‘rsatuvida “Shayx Hamza Yusuf bilan sayohat” dasturlarini MBC telekanalida boshlagan. U 2005 yildan 2015 yilgacha Ramazon oyida efirga uzatilgan “Gʻoyalar” teleko‘rsatuvining boshlovchisi boʻlgan. [5] U 2015-yilda Shayx Muhammad bin Rashid al-Maktum bilim mukofoti 1 million AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.
Uning koʻplab chop etilgan nashrlari boʻlib, ular:
- G'oyalar kitoblari nashr etilgan kitobdagi G'oyalar teleserialining mazmunini o'z ichiga oladi.
- Yaponiyalik G'oyalar, yaponiyada bo'lgan G'oyalar 5-mavsumiga ishora.
- Gandi bilan sayohatim, u ushbu kitobda bu hayotdagi o'z tajribasi haqida gapiradi.
- "Qirq" kitobida Ahmadning eng sevimli 40 ta narsasi haqida so'z boradi, masalan, 40 ta sevimli kitob, Qur'onning 40 ta sevimli oyatlari va boshqalar.
Tanqidiy qabul
tahrirU BAAdagi Twenty Youth jurnali (20 yigitlar jurnali) uni arab dunyosidagi eng nufuzli jurnal sifatida oʻz roʻyxatida birinchi oʻringa olib chiqdi. Shuningdek, u Iordaniyada boʻlib oʻtgan 3-yoshlar media forumining “Eng yaxshi yoshlar mediasi” nominatsiyasida gʻolib chiqqan va Arabian Business jurnali tomonidan eʼlon qilingan soʻrov natijalariga koʻra arab dunyosidagi 500 ta eng nufuzli arab arboblari roʻyxatida 143-oʻrinni egallagan.
Havolalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- ↑ „Reference at www.arabianbusiness.com“.
- ↑ „أحمد الشقيري ... الجد والحفيد بقلم خليل الصمادي“. دنيا الرأي.
- ↑ „أحمد الشقيري Twitter Stats & Rankings (shugairi) | Twitaholic.com“. twitaholic.com. 2016-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-mart.
- ↑ „Reference at www.linkedin.com“.
- ↑ „Preaching Moderate Islam and Becoming a TV Star – The New York Times“.