Ahmad bin Abulhavoriy
Ahmad bin Abulhavoriy – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abulhasan. Damashq shahridan. Abu Sulaymon Doroniyning muridi. Abulhusayn Nuriy, Abu Abdulloh Nabojiy, Dovud bin Ahmad Doroniy, Ahmad bin Osim Antokiy va boshqa koʻplab shayxlar bilan suhbatda boʻlgan. Umr yoʻldoshi mashhur orifa ayol – Robiyayi Shomiya. Ukasi Muhammad bin Abulhavoriy, otasi Maymun Abulhavoriy ham zuhd va taqvoda Shom oʻlkasining parhezkor va taqvodor zotlaridan sanalgan. Tasavvuf tarixi boʻyicha kitob yozgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |