Ahmad Ibn Asad (? — 865) — Fargʻona (817 yildan) va Samarqand (842-yildan) amiri. Somonxudotning nabirasi. Rofe ibn Lays qoʻzgʻoloni paytida Ahmad Ibn Asad oʻz birodarlari Nuh, Yahyo va Ilyoslar bilan Sugʻdda qoʻzgʻolonni bostirishda xalifalikka katta yordam bergan. Buning evaziga xalifa Maʼmunning koʻrsatmasiga koʻra Xuroson hokimi Gʻasson ibn Abbod (813-821) 817-yil Ahmad Ibn Asadni Fargʻonaga, akasi Nux ibn Asadni esa Samarqandga, Choch va Ustrushonaga Yahyoni, Hirotga Ilyosni amir qilib tayinladi. Akasi Nuh vafotidan keyin (842) Ahmad Ibn Asad Samarqand amiri boʻlib qoldi. 875-yil xalifa Muʼtamid (870-892) Ahmad Ibn Asadning oʻgʻli Nasr ibn Ahmadnn butun Movarounnahr amiri etib tayinlagan.[1] Andoza:Somoniylar Davlati

Somoniylar sulolasi

Ahmad I (819 - 864)

Buxoro Amirlari
Nosir I (864 - 879)
Ismoil (879 - 888)
Nosir I (888 - 892)

Moveraunnahr hukmdorlari
Nosir I (875 - 888)
Ismoil (888 - 907)
Ahmad II (907 - 914)
Nosir II (914 - 943)
Nuh I (943 - 954/5)
Abdulmalik I (954/5 - 961/2)
Nosir III (961/2)
Mansur I (961/2 - 976/7)
Nuh II (976/7 - 997)
Mansur II (997 - 999)
Abdulmalik II (999)
Ismail II (999 - 1004/5)

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil