Ahmad ibn Sayyor
muhaddis va faqih
Ahmad ibn Sayyor ibn Ayyub ibn Abdurrahmon al-Marvarruziy ash-Shofiʼiy (Abul Hasan) – muhaddis va faqih bo‘lgan. U milodiy 814-yil (hijriy 198-yil) tavallud topgan. Shom va Misrga borgan. Hadislarni jamlagan, tasnif qilgan, o‘zi ham hadislar rivoyat qilgan. Ahmad ibn Sayyor milodiy 881-yil (hijriy 268-yil) bahor faslida olamdan o‘tgan[1].
Ahmad ibn Sayyor | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 814-yil (hijriy 198-yil) |
Vafoti | milodiy 881-yil (hijriy 268-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis va faqih |
Asarlari
tahrir- „Kitobu futuhi Xuroson“ („Xurosonning fath etilishi kitobi“)
- „Kitob fi axbori Marv“ („Marv haqidagi maʼlumotlar kitobi“)
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 53-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |