Ahmadnagar — Hindiston gʻarbidagi shahar, Maharashtra shtatida. Sina daryosi sohilida. Ahmadnagar stansiyasi. Aholisi 200 mingdan ziyod (1990). Paxta tozalash, ipgazlama, trikotaj, koʻn-teri sanoati korxonalari bor. Shaharga Bagʻmaniylar sultonining voliysi Malik Ahmad tomonidan 1494-yil asos solingan va Ahmadnagar davlatining poytaxti, 1636-yildan Boburiylar saltanati tarkibida boʻlgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil