Ahmadnagar — Dekan (Markaziy Hindiston)da inqirozga yuz tutgan Bahmaniylar sultonligi harobalari oʻrnida vujudga kelgan oʻrta asr hind davlati. 1490-yilda Bahmaniy davlatining Junnor viloyatidagi noibi Malik Ahmad oʻzini nizomshoh unvoni bilan mustaqil hukmdor deb eʼlon qilgan. Ahmadnagar shahri (1494-yil asos solingan) Ahmadnagar davlatining poytaxti boʻlgan. 16-asr oxiri 17-asr boshida Ahmadnagar Boburiylar bilan uzoq urushlar olib borgan. 1636-yil Ahmadnagarni Shohjahon butunlay egallab, oʻgʻli Avrangzebni Dekanga noib etib tayinlagan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil