Axura Mazda [1] (avestocha: 𐬨𐬀𐬰𐬛𐬁 𐬀𐬵𐬎𐬭𐬀, ahura-mazdā, gruzincha: არმაზი, qadimgi-forscha:ahuramazdā, tojikcha: Аҳура Маздо, armancha: Արամազդ, Aramazd, moʻgʻ.: ᠬᠤᠷᠮᠤᠰᠲᠠ, Xurmast), qadimgi yunoncha: Ὠρομάσδης – Ormazd, Ormuzd, (paxlaviycha: ʾwhrmzd'), avestocha: (Hurmuzd) – juda qadim zamonlarda tasavvur etilgan ezgulik xudosi. Axura Mazda yorugʻlik, obodonlik, salomatlik, tinchlik, farovonlik kabi barcha ezguliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi, deb tushunilgan. Unga qarshi zulmat-qorongʻulik, ochlik, vabo, ayoz, jang, zaharli jonivorlar kabi barcha yovuzliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi An-xramaynu (keyinchalik oʻzgargan shakli Ahriman) boʻlib, doimo Axura Mazda bilan kurashadi. Kurash Axura Mazdaning gʻalabasi bilan tugaydi. Bu dualistik qarash zardushtiylik taʼlimotining asosi Avesto uchun zamin boʻlgan. Uning keyingi davrlarda yozilgan sahifalarida Axura Mazda yakka xudo darajasiga koʻtarilib, tavhid taʼlimotining asosi ni tashkil etgan. Turon va Eron xalqlarining qadimgi epik asarlarida Hurmuzd – ezgulik uchun kurashuvchi, Ahriman – yovuz timsol tarzida tasvirlanadi.

Axura Mazda (oʻngda). m.av. III asr

Zardushtning vafotidan soʻng bir necha asrlar oʻtgach, barcha diniy marosimlar, madhiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqaddas boʻlgan bu kitobga jamlanadi. Bu kitob „Avesto“ boʻlib „qatʼiy belgilangan qonun qoidalar“ degan maʼnoni anglatadi. Ahuramazda zardushtiyalrning ulugʻ va donishmand oliy xudosi hisoblangan[manba kerak].

Manbalar

tahrir
  1. Katta Rossiya Ensiklopediasi. Ахурамазда — 581-bet. 1842807. 

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.