Atsidofilin
(Aiidofilinli qatiqdan yoʻnaltirildi)
Atsidofilin — Atsidofilinli qatiq — Qatiqning bir turi. Atsidofilin pasterizatsiya qilingan yoki qaynatilgan sutga atsidofil organizmlar (bakteriyalar) qoʻshib ivitiladi. Baʼzan sut kislotasi, streptokoklar va kefir zamburugʻi, vanilin kabi xushboʻy moddalar qoʻshiladi. Sof sut kislotasi, qand va xushboʻy moddalar qoʻshilganidan taʼmi shirinroq. Tarkibida 3,2 % yogʻ boʻladi. Oshqozon-ichakda ovqat hazm boʻlishiga yordam beradigan faol kislota hosil qilish xususiyatiga ega. Atsidofilin tibbiyotda parhez ovqat sifatida buyuriladi, veterinariyada (buzoqlar uchun) koʻp ishlatiladi. Shuningdek, sanoatda atsidofil achitqili sut, atsidofil pastasi ham ishlab chiqariladi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
Havolalar
tahrir- Патент на способ производства ацидофилина
- Ацидофилин и ацидофильные продукты
- Ацидофилин
- Ацидофилин (Wayback Machine saytida 2013-05-02 sanasida arxivlangan)
- Ацидофильные лактобактерии