Ajdar
Ajdar, ajdarho, ajdaho — afsonaviy maxluq. 1) Turli xalqlar ogʻzaki ijodida qanotli, ogʻzidan oʻt purkaydigan ikki va undan ortiq boshli afsonaviy ilon obrazi. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida yovuzlik timsoli. Doston, ertak, choʻpchak va boshqalarda bosh qahramon yoʻlida uchraydigan asosiy toʻsiqlardan biri va uni yengib oʻtish albatta shart qilib qoʻyilgan; 2) baʼzan haddan tashqari katta ilonlar (masalan, boʻgʻma ilonlar ham) ajdarga qiyos etiladi.
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Havolalar
tahrir- Vikiomborda Ajdarlar mavzusiga oid fayllar bor
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |