„Ajdodlar chorlovi: Buyuk Turon“ — Oʻzbekiston va Jazoir hamkorligida, rejissor Gʻiyos Shermuhamedov tomonidan suratga olingan „Ajdodlar chorlovi“ tarixiy filmning birinchi qismidir. SSSR xalq artisti, Sosialistik Mehnat Qahramoni Mahmud Esamboyevning soʻnggi kino asari hisoblanadi[1][2][3][4].

„Ajdodlar chorlovi: Buyuk Turon“ (Зов предков: Великий Туран)
Rejissyor(lar) Gʻiyos Shermuhamedov
Ssenariynavis(lar) Dmitriy Vasiliu va Gʻiyos Shermuhamedov
Rollarda Bekzod Muhammadkarimov, Fotima Rejametova, Shuhrat Irgashev, Mahmud Esambaev, Muhammad-Ali Mahmadov
Bastakor(lar) Feliks Yanov-Yanovskiy
Studiya(lar) „Merosfilm (Meros)“
Chiqarilgan sanasi 1994
Mamlakat Oʻzbekiston Jazoir
Til ruscha
Keyingi film Ajdodlar chorlovi: Soʻgʻdiyona

Yaratilish tarixi

tahrir

SSSR parchalanganidan keyin 90-yillarda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi 10 yilga yaqin vaqt davomida faoliyati toʻxtatib qoʻyilgandi. Biroq rejissor Gʻiyos Shermuhamedov buning uchun 1992-yilda oʻzining “Merosfilm” (Meros) kinostudiyasini tashkil etdi. U suratga olish uchun homiylar qidirdi, banklardan kredit oldi. Keyin esa Markaziy Osiyoda davlatchilikning shakllanishi, u yerda islom dinining yoyila boshlagani haqida hikoya qiluvchi “Ajdodlar chorlovi” tarixiy dilogiyasini suratga olishni boshladi. Rejissor tarixchi va olimlar bilan hamkorlikda ssenariy ustida ishladi, koʻplab tarixiy arxiv hujjatlarini qayta koʻrib chiqdi. U Jazoirdan homiy topdi, u yerda Oʻzbekistondan tashqari mazkur film ham suratga olingan. “Buyuk Turon” dilogiyasining birinchi filmi, soʻng “Soʻgʻdiyona” dilogiyasining ikkinchi filmi 1995-yilda chiqdi[5].

Filmning qisqacha mazmuni

tahrir

Filmda oʻsha davrning uchta buyuk davlati – VI asrda[6] Turk xoqonligi, Vizantiya hukmronligi va Fors Sosoniylar davlati haqida soʻz boradi. Bu voqea taqdir taqozosi bilan uch buyuk davlat manfaatlari yoʻlida turgan soʻgʻdlik savdogar Zemarx nomidan hikoya qilinadi.

Rollarda

tahrir
  • Bekzod Muhammadkarimov - Bektuzun / Turksanf (egizaklar, Istam-hoqon oʻgʻillari)
  • Fotima Rejametova - Enasoy
  • Shuhrat Irgashev - Zemarx[7] (rivoyatchi, VI asr soʻgʻd savdogari)
  • Mahmud Esambaev - Bilge-Ool
  • Muhammad-Ali Mahmadov - Xusrav
  • Karima Yahyavi - Shahribonu
  • Igor Dmitriyev - Valentin

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir