Ajiotaj talab – bozordagi shov-shuv va vahima taʼsirida sunʼiy paydo boʻladigan va shiddat bilan ortib boradigan talaboratoriya ajiotaj talab aholi oʻrtasida mish-mishlar tarqatish, reklama vositasida muayyan tovarlarga oʻta yuqori baho berish orqali isteʼmolchi ruhiyatiga taʼsir etish, tovarlarga boʻlgan gʻoyat katta qiziqish, qimmatchilik va qahatchilik xavfi, har xil shov-shuvlar taʼsirida pulni tovar zaxiralariga aylantirishga intilish oqibatida yuzaga keladi. Ajiotaj talab taʼsirida tovar taklifi talabdan orqada qolib, bozor muvozanati buziladi tovarlar taqchilligi gʻoyat kuchayib ketadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil