Ajratilgan muhitda oʻstirish
(Ajratilgan muhitda o'stirishdan yoʻnaltirildi)
Ajratilgan muhitda oʻstirish, oʻsimlikni ajratilgan muhitda oziqlantirish — oʻsimliklar fiziologiyasini tadqiq qilish usullaridan biri; ajratilgan muhitda oʻstirishni birinchi boʻlib rus olimi P. R. Slyozkin qoʻllagan (1893). Ajratilgan muhitda oʻstirishda oʻsimlik ildizlari ikki yoki undan koʻproq qismga taqsimlanib, oziq moddalarining har xil aralashmasidan tashkil topgan eritmaga joylashtiriladi. Buning uchun tuproq (koʻpincha qum) yoki eritma solingan (suvli muhit), hajmi turlicha idish ishlatiladi. Idishlardagi oziq moddalarning turli tarkibda boʻlishi ularning oʻsimliklar tomonidan qanday singdirilish jarayonini kuzatishga imkon beradi (qarang Vegetatsion usul)[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |