Akaki Eliavaning qoʻzgʻoloni (gruzincha: 1998 წლის საქართველოს სახელმწიფო გადატრიალების მცდელობა) 1998-yil 20-oktabrga oʻtar kechasi sodir etilgan muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolon. Prezident Eduard Shevavardnadze hukumatiga qarshi Gʻarbiy Gruziyada podpolkovnik Akakiy Eliyava boshchiligidagi „Eliyavachi ofitserlar“ tomonidan uyushtirilgan isyon.

Voqea-hodisalar

tahrir

1998-yil 19-oktabrdan 20-oktabrgacha oʻtar kechasi tungi soat ikkilarda Gruziya Mudofaa vazirligining Senakida joylashgan tank brigadasida isyon koʻtarildi. Yarim tun soat 2 da Gruziyaning Abxaziya Davlat xavfsizlik vazirligi „Saturn“ maxsus kuchlari shtab boshligʻi, sobiq podpolkovnik Akakiy Eliyava oʻz tarafdorlari bilan harbiy qismdagi qurol-yarogʻlarni qoʻlga kiritib, tanklar va BMD vositasida Samtrediya yoʻnalishi boʻylab harakatni davom ettirgan. Yoʻlda unga Martvili viloyatining sobiq prefekti, 17-motooʻqchilar brigadasi komandir oʻrinbosari, polkovnik Revaz Asmava[1] ham qoʻshilgan. Qoʻzgʻolonchilar prezident Shevardnadzening isteʼfosini talab qilib, Poti yoʻlini toʻsib qoʻyishdi. Mudofaa vaziri David Tevzadze va Davlat xavfsizlik vaziri Jemal Goxikidze qurolli qoʻzgʻolon boshlangan hududga borishdi, ammo isyonchilar muzokaralar chogʻida prezidentning Imeretidagi vakili Teymuraz Shashiashvilini va Gruziya Davlat xavfsizlik vazirini garovga olishga muvaffaq boʻlishdi. Shundan soʻng ular oʻzlarining tank karvonini mamlakatning ikkinchi yirik shahri — Kutaisiga yoʻnaltirishdi[1][2]. Parlament mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi Revaz Adamiya isyonchilarning harakatlari ortida Rossiya maxsus xizmatlari turganini aytdi[1].

Qqoʻzgʻolonchilar kechga borib Kutaisi chekkasiga kirdi va u yerda hukumat qoʻshinlari bilan qisqa muddatli jangga kirishdi, shundan soʻng ular Tsxenistkali daryosi tomon chekindi[2]. The New York Times gazetasining yozishicha, isyonchilar Kutaisi shahridan 6 km uzoqlikda joylashgan Gubi qishlogʻini egallab olgan va 50 ga yaqin fuqaro ularning safiga qoʻshilgan[3]. Soat 18:00 ga kelib isyonchilar brigadasi hukumat qoʻshinlari tomonidan oʻrab olingan va maxsus tashlab ketilgan yoʻlak boʻylab oʻz joylashgan joyiga chekingan. Qoʻzgʻolonchilarning bir qismi hokimiyatga taslim boʻldi. Eliyava oʻz tarafdorlari bilan birga oʻrmonlarga yashirinishga erishdi.

Akakiy Eliyava 2000-yil 9-iyulda Zestafoni shahrida Davlat xavfsizlik vazirligi maxsus boʻlinmasi tomonidan oʻdirilgan. Boʻlinma Eliyava[4][5] garovga olgan politsiyachilarni ozod qilish boʻyicha maxsus amaliyotni oʻtkazayotgan edi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 АКАКИЙ МИКАДЗЕ.. „БУНТ ВОЕННЫХ ПРОТИВ ШЕВАРДНАДЗЕ“ (ru). «Московские новости». 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
  2. 2,0 2,1 ГЕОРГИЙ Ъ-ДВАЛИ, ЮРИЙ Ъ-ЧУБЧЕНКО. „Восстание в Западной Грузии“ (ru). Газета «Коммерсантъ» (1998-yil 20-oktyabr).
  3. „Mutinous Georgian Troops Clash With Army“ (eng). The New York Times (20-oktabr 1998-yil).
  4. „РЕСПУБЛИКА ГРУЗИЯ“ (ru). Мемориал. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-iyul.
  5. Ubit odin iz naibolee posledovatelnix zviadistov // Независимая газета, 11.07.2000

Havolalar

tahrir