Akatsiya
Akatsiya – burchokdoshlar oilasiga mansub daraxt va butalar. 1) chin akatsiya (Acacia) – mimozadoshlar kenja oilasiga mansub daraxt. 500 ga yaqin turi bor. Koʻproq Avstraliya (250 dan ortiqroq turi), qisman Afrika va Arabiston yarim orolida tarqalgan. Keyingi vaqtda akatsiyaning baʼzi turlari boshqa joylar (Qora dengiz sohillari)da ham iqlimlashtirilgan. Chin akatsiya mayda patsimon bargli, toʻpgullari erta bahorda ochiladigan boʻlgani uchun xushmanzara oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Senegal, Efiopiya va Arabiston akatsiyalaridan aqoqiyo, koʻpchilik chin Akatsiya turlarining poʻstlogʻidan oshlovchi moddalar olinadi. Baʼzi chin akatsiya turlarining mevasi va yogʻochida ham oshlovchi va yelim moddalar bor yogʻochi mebelishlab chiqarishda foydalaniladi. 2) oq akatsiya yoki soxta akatsiya (Robinia pseudoacacia) – kapalakguldoshlar kenja oilasiga mansub daraxt (qarang Oq akasiya) , 3) sariq akatsiya(Caragana arborescens) – buta tarzida oʻsadi (qarang Qaragʻay)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |