Akbarobod tabiat yodgorligi — Farg‘ona viloyatining Quva tumani hududida joylashgan[1].

Akbarobod tabiat yodgorligi
40°27′48.20717″N 72°2′45.28975″E / 40.4633908806°N 72.0459138194°E / 40.4633908806; 72.0459138194
MamlakatOʻzbekiston Oʻzbekiston
Yaqinidagi shaharQuva
Maydon8 ga (0.080 km2; 0.031 kv mi)
Oʻrtacha balandligi427 m
Tashkil topgan sanasi2003-yil
Akbarobod tabiat yodgorligi (Oʻzbekiston)

Joylashuvi

tahrir

Tabiiiy yodgorlik Quva tumanining „M.Sherboʻtayev“, „A.Navoiy“ va „Dehonobod“ nomli massivlar bilan chegaralangan boʻlib, jami 395 ga (3.95 km2; 1.53 kv mi)ni tashkil etgan. Hudud dengiz sathidan 427 metr balandlikda joylashgan boʻlib, bugungi kundagi yer maydoni 8 ga (0.080 km2; 0.031 kv mi)ni tashkil etadi.

Tashkil etilishi

tahrir

Quva tumani hokimining 2003-yil 14-maydagi 388-sonli „Muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomini berish toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan, qumliklarga muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan. Ushbu tabiat yodgorliklariga pasport ishlab chiqilib, Quva tuman hokimligi, hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanib, yuqoridagi Katta Dehqonobod va Katta Qishloq mahalla fuqarolar yigʻinlariga nazorat qilish uchun biriktirib berilgan. Muhofaza etiladigan qum barxani tabiiy holatda saqlanmoqda[2].

Tashkil etishdan maqsad-tabiiy qum barxanlarini saqlab qolishdan iborat.

Oʻsimliklar qoplamasi

tahrir

Tabiiy yodgorlikda yarim butalarning 5-6 turi, ko‘p yillik o‘tlarning 7-8 turi, bir yillik va ikki yillik oʻsimliklar ham oʻsadi.

Foydalanilishi

tahrir

Tabiat yodgorligi atrofidagi yerlar qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun oʻzlashtirilgan va baliqchilik havzalari tashkil etilgan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIAT RESURSLARI VAZIRLIGI“ (oʻzbek). Qaraldi: 2023-yil 14-may.
  2. „Farg'ona ekoturizmi“ (o'zbek). UZA (2016-yil 12-may). Qaraldi: 2023-yil 16-may.