Aki (Kochi)
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Aki (yaponcha: 安芸市 Aki-shi ) — Yaponiyaning Kochi prefekturasida joylashgan. 2022-yilning 31-iyul holatiga koʻra, shaharda 8076 ta xonadon hisobga olingan bo'lib, aholi soni 16,370 kishi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 52 kishini tashkil etadi[1]. Shaharning umumiy maydoni 317.21 km2.
Aki 安芸市 | |
---|---|
Shahar | |
33°30′0″N 133°54′0″E / 33.50000°N 133.90000°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Hukumat | |
• Hokim | Ikuo Yokoyama |
Maydon | 317.21 km2 (122.48 kv mi) |
Aholisi (31-iyul, 2022) |
16 370 |
|
Geografiya
tahrirAki Kochi prefekturasining janubi-sharqidagi joylashgan boʻlib, janubda Tinch okeanining Tosa koʻrfaziga qaragan va shimolda togʻlar bilan chegaradosh. Shahar hududi Aki daryosi o'zani sohillarida joylashgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
tahrirKochi prefekturasi:
- Konan
- Kami
- Yasuda
- Umaji
- Geisei
Tokusima prefekturasi:
- Naka
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Aki aholisi 16,243 kishini tashkil qildi. Aki 1950-yildan beri aholi soni muntazam kamayib kelmoda[2].
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1950 | 31 158 | — |
1955 | 29 841 | −4.2% |
1960 | 30 370 | +1.8% |
1965 | 26 605 | −12.4% |
1970 | 24 498 | −7.9% |
1975 | 24 480 | −0.1% |
1980 | 25 022 | +2.2% |
1985 | 25 009 | −0.1% |
1990 | 23 739 | −5.1% |
1995 | 22 377 | −5.7% |
2000 | 21 321 | −4.7% |
2005 | 20 348 | −4.6% |
2010 | 19 550 | −3.9% |
2015 | 17 577 | −10.1% |
2020 | 16 243 | −7.6% |
Aki population statistics[2] |
Tarixi
tahrirButun Kochi prefekturasi kabi, Aki hududi ham qadimgi Tosa viloyati tarkibiga kirgan. Edo davrida bu hudud Tosa klani mulklari tarkibiga kirgan. Meiji islohotidan keyingi zamonaviy munitsipalitetlar tizimi yaratilishi bilan, 1889-yil 1-oktabrda Kochi prefekturasining Aki tumani tarkibida Aki qishlogʻi tashkil etildi. 1895-yil 21-noyabrda Aki shahar maqomiga koʻtarildi. Aki shahri 1954-yil 1-avgustda Ananai (穴内村), Ioki (伊尾木村), Kawakita (川北村), Higashigawa (東川村), Hatayama (畑山村), Inokuchi (井ノ口村), Doi (土居村) va Akano (赤野村)) qishloqlarini oʻziga birlashtirdi.
Madaniyati
tahrirAki shahri qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtiruvchi shahar sanaladi. U yerda koʻplab fermerlar yashaydi va mahalliy oʻstirilgan baqlajon (なす), dekopon, yuzu va tamaki bilan mashhur. U shuningdek, chirimendon (ちりめん丼) deb nomlangan ovqati, kichkina sardina boʻlaklari bilan qoplangan yashil piyoz va tsuyu sousi solingan guruchli taomi bilan mashhur.
Har yili avgust oyida Aki shaharda Yosakoi (よさこい) festivali va paradi oʻtkazadi. Yosakoy raqsi Kochi prefekturasida paydo boʻlgani sababli, prefekturaning koʻplab shaharlarida uch kunlik Yosakoy festivalida paradlar tashkil qilinib, raqsga bagʻishlangan tadbirlar tashkillashtiriladi. Aki shahar festivali Kochi prefekturasining sharqiy tomonida oʻtkaziladigan eng yirik festivallardan biri boʻlib, avgust oyida haftaning dam olish kunlarida boʻlib oʻtadi. Kochi shahridagi uch kunlik festivalga tayyorgarlik koʻrish uchun yaqin atrofdagi shaharlardan turli guruhlar, shuningdek, Tokusima prefekturasi va Exime prefekturasi aholisi vakillari kelib, Yosakoi festivalida ishtirok etishadi.
Iqtisodiyoti
tahrirUzoq vaqtlardan buyon oʻrmon xoʻjaligi va koʻmir qazib hamda baliqchilik va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi boʻlgan. Xususan, shahar baqlajon va yuzu ishlab chiqarish boʻyicha Yaponiyadagi yetakchi hududlardan biri hisoblanadi.
Taʼlim
tahrirAki shahrida toʻqqizta boshlangʻich davlat maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi va Kochi prefekturasi taʼlim boshqarmasi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi va ikkita davlat yuqori maktabi mavjud.
Manbalar
tahrir