Akineziya (yunoncha — inkor qoʻshimchasi va kinesis — harakat) — faol harakatlar boʻlmasligi, ixtiyoriy harakatning qiyinlashuvi. Bosh miya poʻstloq osti toʻqimalarining yalligʻlanishi, jarohatlanishi, tushkunlik holatlari, ayrim dorilarni suiisteʼmol qilish va boshqa sabab boʻladi. Akineziyada muskullar taranglashadi, titrash, qaltirash alomatlari paydo boʻladi, yuz muskullarining qotib qolishi natijasida bemorning yuzidagi imo-ishora (mimika) tuygʻulari sezilmaydi, u yurib ketayotganida qoʻllari mutanosib harakat qilmay qotib qoladi, tupuk yutish qiyinlashadi, ogʻizdan soʻlak oqadi va hokazo[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil