Akita — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu orolining shimoli-gʻarbida, Omono daryosi etagida; Akita prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 304 ming (1991-yil). Akita stansiyasi; neft-kimyo, yogʻochsozlik, rangli metallurgiya, hunarmandchilik korxonalari bor. Ipak gazlamalar ishlab chiqariladi. Yogʻoch-taxta, neft mahsulotlari, sholi eksport qilinadi. Universitet bor. Akita VIII asrda qurilgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil