Akkumulyator (lotincha: accumulator – toʻplovchi) – keyinchalik foydalanish maqsadida energiyani toʻplaydigan qurilma. Elektr, issiqlik, gidravlik, inersion xillari bor. Elektr akkumulyator elektr toki taʼsirida kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan galvanik tizim. Elektr akkumulyator musbat elektrod, manfiy elektrod va elektrolitlardan iborat. Elektrodning elektrolitga tegib turuvchi sirtida po-tensiallar farqi hosil boʻladi. Bu farq eyuk (elektr yurituvchi kuch) deyiladi. Yigʻilgan energiyani sarflash vaqtida kimyoviy energiya elektr energiyasiga, energiyani toʻplash vaqtida esa elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Elektrolit tarkibiga karab, akkumulyatorlar kis-lotali va ishqorli xillarga boʻlinadi. Kislotali akkumulyatorlarda elektrolit sifatida sulfat kislota eritmasi, musbat elektrod sifatida qoʻrgʻoshin oksidlari, manfiy 265 elektrod sifatida qoʻrgʻoshin ishlatiladi. Bunday akkumulyatorlardan avtomobil transportida, aviatsiyada, aloqada foydalaniladi. Ishqorli akkumulyatorlar elektrodining xiliga karab, kadmiynikelli va temirnikelli, kumush ruxli va kumush-kadmiyli boʻladi. Kadmiynikelli akkumulyator musbat elektrodi grafit aralashtirilgan nikel oksididan, manfiy elektrodi kadmiy aralashtirilgan temirdan tayyorlanadi. Elektrolit sifatida oʻyuvchi kaliy eritmasi yoki oʻyuvchi natriy eritmasiga ozgina litiy gidrooksid qoʻshilgan aralashma ishlatiladi. akkumulyator zaryadlanish va zaryadsizlanish vaqtidagi oʻrtacha kuchlanish (har bir elementga 1-2 V) va sigʻim (amper-soat) bilan ifodalanadi. Kuchlanishni oshirish uchun akkumulyatorlar ketma-ket ulanib, batareyalar hosil qilinadi. Kadmiynikelli va temirnikelli akkumulyator aviatsiyada, aloqa vositalarida, elektr transport mashinalarida, kosmik apparatlarda; kumush-ruxli va kumush-kadmiyli akkumulyator aviatsiya, aloqa vositalari, kinoga olish apparati va boshqa da ishlatiladi. Issiqlik akkumulyator tarmoqdagi bugʻ bosimini birday saqlab turadi. Gidravlik akkumulyator gidravlik qurilmalarda suyuqlik yoki gazning bosim va sarfini baravarlaydi, 100-300 atm bosim ostida suyuqlikni yigʻib, gidravlik presslarga va boshqa mashina-qurollarga bir meʼyorda berib turadi. Inersion akkumulyator maxovikdan iborat boʻlib, undan turli mashinalar, transport vositalari va boshqalarda foydalaniladi. Soatlardagi prujinalar, aviatsiya modellaridagi rezina motor ham energiya akkumulyatori hisoblanadi.

Elektrolit tarkibiga karab, Akkumulyatorlar kislotali va ishqorli xillarga boʻlinadi. Kislotali akkumulyatorlarda elektrolit sifatida sulfat kislota eritmasi, musbat elektrod sifatida qoʻrgʻoshin oksidi, manfiy elektrod sifatida qoʻrgʻoshin ishlatiladi. Bunday akkumulyatorlardan avtomobil transportida, aviatsiyada, aloqada foydalaniladi. Ishqorli akkumulyatorlar elektrodining turiga qarab, kadmiy-nikelli va temir-nikelli, kumush ruxli va kumush-kadmiyli boʻladi. Kadmiy-nikelli akkumulyator musbat elektrodi grafit aralashtirilgan nikel oksididan, manfiy elektrodi kadmiy aralashtirilgan temirdan tayyorlanadi. Elektrolit sifatida oʻyuvchi kaliy eritmasi yoki oʻyuvchi natriy eritmasiga ozgina litiy gidrooksid qoʻshilgan aralashma ishlatiladi. Akkumulyator zaryadlanish va zaryadsizlanish vaqtidagi oʻrtacha kuchlanish (har bir elementga 1—2 V) va sigʻim (amper-soat) bilan ifodalanadi. Kuchlanishni oshirish uchun akkumulyatorlar ketma-ket ulanib, batareyalar hosil qilinadi. Kadmiy-nikelli va temir-nikelli Akkumulyator aviatsiyada, aloqa vositalarida, elektr transport mashinalarida, kosmik apparatlarda; kumush-ruxli va kumush-kadmiyli akkumulyator aviatsiya, aloqa vositalari, kinoga olish apparati va bsohqalarda ishlatiladi. Issiqlik akkumulyator tarmoqdagi bugʻ bosimini birday saqlab turadi. Gidravlik akkumulyator gidravlik qurilmalarda suyuqlikning yoki gazning bosim va sarfini baravarlaydi, 100—300 atm bosim ostida suyuqlikni yigʻib, gidravlik presslarga va boshqalar mashinaqurollarga bir meʼyorda berib turadi. Inersion akkumulyator maxovikdan iborat boʻlib, undan turli mashinalar, transport vositalari va b. da foydalaniladi. Soatlardagi prujinalar, aviatsiya modellaridagi rezina motor ham energiya akkumulyatori hisoblanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil