Akmal Anvarovich Ergashev ( 1982-yil 16-dekabr) — o‘zbek taekvondochisi, jahon chempionati kumush sovrindori, 2008 va 2012-yilgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.

Akmal Anvarovich Ergashev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 16-dekabr 1982-yil (1982-12-16) (42 yosh)
Fargʻona viloyati
Sport
Qaysi sport Taekvondo
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Kumush Kyondju 2011 87kg ortiq
Osio o‘yinlari
Bronza Guanchjou 2010 87kg ortiq
Osiyo chempionati
Bronza Loyan 2008 84 kg ortiq

Sport faoliyati

tahrir

2008-yilda Olimpiada o‘yinlarida 80 kilogrammdan ortiq vazn toifasida u birinchi bahsda ispaniyalik Xon Garsiya ustidan g‘alaba qozonadi va chorak finalda janubiy koreyalik Chxa Don Minga imkoniyatni boy berib qo‘yadi[1].

Bronza uchun tasalli bahslarda u kosta-rikolik Kristofer Moytlandni mag‘lub etadi va nigeriyalik Chika Chukvumeriga yutqazib berdi.

2011-yili Kyonjuda o‘tkazilgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida 87 kilogrammdan yuqori vazn toifasida finalda janubiy koreyalik Cho Chxol Xoga yengilib, kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

2012-yilda Olimpiada o‘yinlarida 80 kilogrammdan ortiq vazn toifasida u birinchi raundda malilik Daba Modibo Keytaga imkoniyatni boy beradi.

Manbalar

tahrir
  1. „Akmal Ergashevning olimpiada natijalari“.