Akmal Xoʻqandiy (Mulla Shermuhammad) (XVIII asr 1- yarmi, Fargʻona viloyati, Boytuman qishlogʻi- taxminan 1810-yil, Qoʻqon) – oʻzbek shoiri. Maxmurning otasi. Hayoti va ijodi haqida „Tuhfat ut-tavorix“ (1863, Muhammad Amin Attor), „Majmuai shoiron“, „Tuhfat ul-ahbob fitazkirat ush-ashob“ kabi asarlarda maʼlumot keltirilgan. Akmal Xoʻqandiy Madrasai Mir Qoʻqonda mudarris boʻlgan. Oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Turli tarixiy voqealarga bagʻishlab sheʼrlar, shiru shakar uslubida muhammaslar yozgan. Muhabbat va insoniylikni ulugʻlagan, adolatsizlikni qoralagan, xalqni maʼrifatga chaqirgan. Tuzgan devonlari saqlanmagan. Turli bayozlar („Bayozi yangi“, 1911; „Bayozi Muhallo“, 1912; „Armugʻoni Hislat“, 1912)ga kirgan asarlari yetib kelgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil