Akmaljon Qoʻchqorov

oʻzbek davlat arbobi

Akmaljon Ortiqovich Qoʻchqorov — oʻzbek diplomati. 2013—2016-yillarda Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazidagi vakili, 2016-yildan Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchisi[1][2][3].

Akmaljon Ortiqovich Qoʻchqorov
 Oʻzbеkistоnning Turkmanistondagi elchisi
 
Mansab davri
2016-yil 17-maydan – hozirgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 11-dekabr 1977-yil (1977-12-11) (46 yosh)
Andijon

Biografiya

tahrir

1977-yil 11-dekabrda tugʻilgan.

Maʼlumoti

tahrir

1994-1996 — Andijon davlat chet tillari instituti talabasi.

1997-1999 — Toshkent universiteti talabasi.

1999-2001 — Missuri-Kolumbiya universiteti talabasi.

2009-2011 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi.

Mehnat faoliyati

tahrir

2001-2002 — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi.

2002-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon axborot agentligiining 1-toifali mutaxassisi, 2-toifali mutaxassisi.

2005-2008 — O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi 2-kotibi, 3-kotibi.

2008-2012 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari va Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi 1-kotibi.

2012-2016 — O‘zbekiston Respublikasining Qozogʻistondagi elchixonasi maslahatchisi.

2013-2016 — O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazidagi vakolatli vakili.

2016-yildan — O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi.

Ingliz tilida gapiradi. Uylangan, uch farzandi bor.

Manbalar

tahrir