Akril kislota — toʻyinmagan oddiy karbon kislota. Formulasi CH2=CHCOOH. Rangsiz suyuqlik, sirka kislota hidi keladi. Akroleinning oksidlanishidan hosil boʻladi. Qaynash temperaturasi 141°, suyuqlanish temperaturasi 13°. Zichligi 1049 kg/m3. Sanoatda etilensiangidringa sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. Akril kislota bosmaxona boʻyoqlariga, loklarga qoʻshiladi va boshqa maqsadlarda ishlatiladi[1].


Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil