Akrilat kauchuklar — akril monomerlarining akrilatlar bilan hosil qilgan sopolimerlari. Bular oltingugurt, aminlar, benzol peroksid bilan choklanib (vulkanizatsiyalanib) akril rezi pasi hosil qiladi. Akrilat kauchuklar 200° temperaturada ham parchalanmaydi. Hozirgi vaqtda ftor Akrilat kauchuklar katta ahamiyat kasb etmoqda. Akrilat kauchuklarga moy, benzin, kerosin kabi erituvchilar taʼsir qilmaydi. Ulardan shlang, quvur va boshqa tayyorlanadi[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil