Akropol
Akropol (yunoncha, akros – yuqori, polis – shahar) – yunon shaharlarining muhofazalangan va balandlikka joylashgan qismi, yuqori shahar. Afina Akropolnining qadimgi mudofaa devorlari miloddan avvalgi 2- ming yillikka oid. Odatda Akropol dastlabki manzilgoh boʻlib, uning atrofida uncha mustahkam boʻlmagan quyi shahar deb atalmish qism joylashgan. Akropol dastlab yunon jamoasining diniy va madaniy markazi boʻlgan. Akropollarning ayrim xarobalarigina (Miken, Argos kabi) saqlanib qolgan. Bular oʻsha davr moddiy-madaniy va maʼnaviy hayotining yuksak taraqqiyotidan darak beradi. Ular orasida miloddan avvalgi 447-438 yillarda haykaltarosh Fidiy rahbarligida meʼmorlar Iktin, Kallikrat qurgan Afina Akropoli mashhur. Afina akropoli majmuasidagi binolar orasida Parfenon ibodatxonasi diqqatga sazovordir. Afinada arxeologik qoʻriqxona va muzey barpo etilgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |